Tushda ro`za tutganini ko`rsa nima bo`ladi.

tushda ro`za

Tushda ro`za tutganini ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda ro`za tutganini ko`rsa nima bo`ladi. Tushdagi ro’za sog’lik va mo’l rizq, deb ta’bir qilinadi. Tushida ro’za tutganini ko’rgan kishininghayoti engillashadi. Dinda sabrli bo’ladi. Bilmagan holda ro’zasini buzgan kishi kutilmaganda merosga ega bo’ladi. Kasal kishi tushi- da ro’za tutganini ko’rsa, shifo topadi. Safarga chog’langan yo’lovchi tushida ro’za tutganini ko’rsa, safari bexatar o’tadi. Ro’zasini buzganini ko’rsa, safar asnosida ko’plab qiyinchiliklarga duch keladi.

Похожее изображение

Tushida ramazon

Tushida ramazon ro’zasini tutganini ko’rgan kishi gunoh va azoblardan, mashaqqatlar va kambag’allikdan, oilaviy kelishmovchiliklardan qutuladi, osoyishta yashaydi. Tushda qazo ro’zasini tutish tutqunlikdan qutulish, qarzdorning qarzini uzishga ishoradir.

Tushida ro’zador

Tushida ro’zador bo’lgan holda ovqat eyish bemorning shifo topishi demakdir.

Похожее изображение

Tushda sabzavot ko’rish g’am-anduh, deb ta’bir qilinadi. Piyoz, sarimsoq ko’rish ayniqsa, yaxshi emas. Tushida polizdan bir dasta sabzavot to’planganini ko’rgan kishi yomonliklardan, yomonlik kelishi mumkin bo’lgan narsalardan tiyilishi lozim. Tushda pishgan sabzavot ko’rish yaxshilikka yo’yiladi.

Tushda radio ko’rish yaqinlari yoki unutilgan kishisidan xabar olish deb ta’bir qilinadi. Tushida radiodan qo’shiq tinglaganini ko’rgan kishi iztirobli xabar oladi. Ra- dioni kavlashtirib, qidirgan kanalini topa olmaganni ko’rgan kishi ishida qarorsiz bo’ladi. Xorijiy radiostantsiyani tinglagani, u tilni bilmagani holda tushunganini ko’rgan kishi o’sha yurtga boradi. Radioning ishlamaganini ko’rgan kishi atrofdagilar bilan aloqasini uzadi.

 

Tushda rassom ko’rish ilmga, falsafaga, she’rga, notiqlikka ishoradir. Tushda rassom ko’rish itoat, mutafakkir kishini ko’rish, deb ham ta’bir qilinadi. Rassom amaldor, ba’zan muhandis kishiga ishora bo’ladi.

 

Biror narsani emganini ko’rgan kishi undan foydalanadi. Biror ayolning ko’kragini emgan kishi u ayolning holatiga qarab, ozmi-ko’pmi, halol yoki harom molga ega bo’ladi. Biror bolaning emishini ko’rish rizqning mo’l bo’lishiga ishoradir. Biror ayol yoki erkakning yigit tomonidan emilganini ko’rish unga qizlarini berib merosxo’r qilishlaridan darakdir. Tushdagi siyna mol-davlatdir. Emish foydalanishdir. Ta’bir shunga asoslanadi.

Related posts

Leave a Comment