Tushda yalang`och bo`lsa nima bo`ladi.

tushda yalang`och

Tushda yalang`och bo`lsa nima bo`ladi.

Tushda yalang`och bo`lsa nima bo`ladi.  Tushda yalang’och qolib, yopinadigan narsa izlash sharmanda bo’lish, gap-so’zga qolishdir. Yalang’ochlikdan uyalmagani- ni, odamlarning bunga e’tibor bermaganini ko’rgan kishi hajga boradi. Uyatli joylari yopiq bo’lgan holda yalang’och yurganini ko’rgan kishining da’vosi isbotlanadi. Qamoqda bo’lsa, qutuladi, gunohlari uchun tavba qiladi. Tushda yap- yalang’och bo’lish ayolning gap-so’z bo’ shidir. Badavlat kishi shunday tush ko’rsa, kasodga uchraydi.

Похожее изображение

Tushda kiyimsiz

O’zini yalang’och ko’rgan xizmatchi ishdan bo’shatiladi. Erining yonida yap-yalang’och bo’lib echinganini ko’rgan ayol ajrashadi.

Tushdagi yalang’ochlik qiynalib yashayotgan kishi uchun yaxshi,i mo’l-ko’lchilikda yashayotgan kimsa uchun yomondir. O’zini yalang’och ko’rgan va bundan uyalmagan kishi kambag’allashadi, ammo imoni mustahkamlanadi.

YaRA (jarohat)

Tushda ko’ril gan yaral arning ta’biri turlichadir. Ko’krak sohasi va yurakdagi yara yoshlar uchun muhabbat; keksalar uchun xafagarchilik, deb ta’bir qilinadi. O’ng qo’lining bosh barmog’ida ko’rilgan yara tush ko’rgan kishining qarzi va unga qarshi to’ldiriladigan hujjatdir. O’zidagi yaraning oqqanini ko’rgan kishining qarzi borligi ma’lum bo’ladi. Tushida tanasida jarohat borligini ko’rgan kishi- ni noxushlik kutadi. Biror kishining jarohatlanganini ko’rsa, jarohatlanuvchidan biror yomonlik yotadi.

yasmiq

Tushda ko’rilgan yasmiq safarga chiqqan kishining yurti- — dagi rizqidir. Yasmiq halol molga ishoradir.

yaxshilik

Tushda yaxshilik qilganini ko’rgan kishi tavba qiladi yoki oila a’zolari, qarindoshlarini borib ko’radi. Kambag’allarga sadaqa beradi. Tushda yaxshilik qilish zo- limlarning ishdan olinib, odil kishilarning tayinla- nishiga ishoradir.

yashin

Tushda yashin tushgan joyda azob bo’ladi. Yashinni ko’rish yoki yashin tushishi o’lim, deb ta’bir qilinadi. Bog’-rog’larga ketma-ket tushgan yashinlar ofat, balo-qazo, soliq, zulm va fasodning kelishiga ishoradir.

yurak

Tushida yurak ko’rgan kishining qahramonligi, buyruq berishi, o’yin o’ynashi, jasoratiga, aqlli, zakiy, saxiy bo’lishiga ishoradir. Yuragining o’g’irlangani va juda qo’rqqanini ko’rgan kishi aqldan ozadi. Chiqarilgan yurak yuvilib, qayta joyiga qo’yilsa, avliyo bo’ladi. Qalb bilan bog’liq tushlar juda kam ko’riladi. Chunki bunday tushlarning o’rtasi yo’q. Dunyoda yo oxiratda insonning; baloning; ezgulikning so’nggi haddiga etishini ifoda etadi. Yarador yurak butun insoniyatga mehrini bildiradi. Yurak insonning dini va zakosidir. Shu bois biror kishi qalbida ko’z borligini ko’rsa, u kishining aql-zakovatiga, farosatiga, e’tiqodiga, notiqligiga ishora qilingan bo’ladi. Biror kishi qalbida illat borligini ko’rsa, shu kishining munofiqligiga ishora qilingan bo’ladi.

 

Related posts

Leave a Comment