Ismlar manosi. Eng ommabop ismlar.

ismlar manosi

Ismlar manosi. Eng ommabop ismlar.

Ismlar manosi. Eng ommabop ismlar. Imron – tiriklik, barhayotlik, tiriklik, uzoq umr ko’ruvchi ko’p yashovchi.

Muxammad – maqtalishga loyiq degan ma’noni anglatadi.

Akmal – eng komil, mukammal, nuqson-kamchiligi yo’q degan ma’noni anglatadi.

Zikriyor – zikr hamrohi bo’lsin, tili doim zikrda bo’lsin degan ma’noni anglatadi.

Mustafo –tanlab olingan degan ma’noni anglatadi.

Kamron –forscha ism bo’lib, omadli degan ma’noni anglatadi.

Umar – ma’nosi uzoq umr kechiruvchi deb umid qilib qo’yilgan ism.

Aziz –izzat, azizlik, kuch-qudrat degan ma’noni anglatadi.

Said – baxtli, omadli, saodatmand degan ma’nolarni bildiradi.

Sardor –etakchi, rahnamo, boshliq degan ma’noni anglatadi.

Isomiddin – dinni tutib turuvchi, dinni kamarbastasi, ishonchlm hamkor, hizmatchi degan ma’noni anglatadi.

Islom – ilhom bermoq, qalbga tavfiq, hotirjamlik solmoq.

Firdavs – jannatni ismlaridan biridir,

Qudratilloh – Alloxning qudrati degan ma’noni bildiradi.

Laylo – qorong’ulik, tun degan ma’nolari bildiradi.

Shahboz – “bulutlar shoxi” degan ma’noni anglatadi.

Mahliyo – o’ziga rom etuvchi, chiroyli, yoqimli, dilbar, xushro’y, ko’rkam, jozibador degan ma’nolarni bildiradi.

Bekzod – beklar avlodi, beklar farzandi degan ma’noni anglatadi.

Umarxon – ma’nosi uzoq umr kechiruvchi deb umid qilib qo’yilgan ism.

A’lam – barchadan ko’p biluvchi, o’ta bilimdon, donishmand, islom qonunshunosi.

Ibrohim  – martabasi ulug’, mukammal ota degan ma’nolarni bildiradi.

Bilol – tiniq suv degan ma’noni anglatadi.

Murod –maqsadga erishish, niyatiga etish, maqsad sari oldinga degani.

Sanjar – sanchmoq, pichoq bilan urmoq, shiddatli, o’tkir, kuchli, g’olib degan ma’nolarni anglatadi.

Otabek – yoshi katta otalar kabi e’zozli, beklarni boshlig’i va xurmatda bo’lsin degan ma’noni anglatadi.

Bek – beklar avlodi, beklar zotidan degan ma’noni beradi.

Sarvar – etakchi, ulug’vor, yo’lboshchi, benuhson boshliq, himmatli zod.

Sherzod  – kuchli, jasur, sherlar zotidan degan ma’noni anglatadi.

Yusuf – payg’ambarimizni ismi.

Jahongir – jahongashta, olamni sevuvchi degan ma’noni anglatadi.

Abror – arab. Pokiza, pokdamon, solih, taqvador, yaxshi xulq atvor.

Abdulloh – Allohni quli, suyukli bandasi, Muhammad (s.a.v) otalarini ismi bo’lgan.

Temur – temirdek mustahkam, irodali, mahkam, balo qazolarga chidamli, umri uzoq bola.

Mir – arab. Amir so’zini so’zini qisqartma ma’nosi. Ma’nosi rais, said, boshliq.

Dilshod – xursandchilik, xursandchilik, baxtli degan ma’noni anglatadi.

Asadbek – sher, arslon, qo’rqmas, dovyurak, qudratli degan ma’noni anglatadi.

Anvar – arab. Yorug’, nurli, charog’on, iqboli porloq,  tolei baland bola.

Nodir –noyob, topilmas degan ma’nolarni bildiradi.

Oybek – OY+BEK.

Rustam – ulkan, gavdali qudratli, dovyurak degan ma’nolarni anglatadi.

Jasur – g’olib, kuchli, matonatli, irodali degan ma’nolarni anglatadi.

Javohir – qimmatbaho tosh, aziz, kerakli degan ma’nolarni anglatadi.

Juma – juma kuni tug’ilgan yigitlarga qo’yiladi. Juma musulmonlar uchun bayram kunidir.

Abbos – arab. qovog’i soliq, badjaxl, dovyurak, jangovor, xumraygan, jiddiy. Ayrim bolalar shu xolda dunyoga keladi.

Azizbek – arab.kuchli, qudratli, yengilmas, qo’rmas degan ma’nolarni anglatadi.

Doston – mashhur, taniqli, davrog’u ketgan degan ma’nolarni bildiradi.

Muhammadali – maqtalishga loyiq degan ma’noni anglatadi+ALI.

Humoyun – buyuk qush, inson qilolmas ishlarni bajaruvchi,  Boburmirzoni izdoshi, buyuk xukumdor.

Usmon – siniqchi, singanlarni davolovchi, bosiq, mard, jasur degan ma’nolarni bildiradi.

Davron  – davr sursin, umri shodon, davrining, zamonining baxtiyor farzandi.

Shahzod – shohlar avlodi, shohlar zotidan degan ma’noni anglatadi.

Samir – arabcha ism bo’lib, ko’ngilni xush qiluvchi, tong saxar nafasi.

Ulug’bek –ULUG’+BEK.

Umid – intizor bilan kutilgan, yaxshi kunlarga umid, umidli degan ma’nolarni anglatadi.

Shohjahon  – butun dunyo shoxi, boshqaruvchisi, buyuk inson degan ma’noni anglatadi.

Baxtiyor – Baxtli, baxti bilan birga, baxli bo’lsin degan ma’noni anglatadi.

Ismoil – Xudo eshitdi, Allohdan so’rab olingan degan ma’noni anglatadi.

Farhod – baxtli, hushkayfiyat degan ma’noni anglatadi.

Afruza – oydek ravshan, quyosh nuri, yondiruvchi, ro’za oyida tug’ilgan chiroyli qiz degan ma’noni anglatadi.

Nur – nurafshon, yorutuvchi, nurli inson degan ma’noni anglatadi.

Muzaffar – yonguvchi, g’olib, shuhratli, xushbaxt, omadli degan ma’noni anglatadi.

Shavkat – arab. Shon-sharafli, shuhratli, dong’i olamga yoyilgan degan ma’noni anglatadi.

Azamat – arab. Ulug’, ulug’vor, buyuk,  qudratli, mard, jasur, maqtovga sazovor degan ma’noni anglatadi.

Zubayr – arab. Kuchli, qudratli, aqlli, dono, baquvvat degan ma’noni anglatadi.

Ilhom – arab. Ruhlanish, jo’sh urish, mavjlanish, intilish, hayotni sevish degan ma’noni anglatadi.

Imronbek – tiriklik, barhayotlik, tiriklik, uzoq umr ko’ruvchi ko’p yashovchi+BEK.

Dilshod – fors, tadj ism. Quvnoq, baxtiyor, shodon, ko’nglimiz quvonchi farzandimiz degan ma’noni anglatadi.

Azim – arab. Ulug’vor ulkan, qudratli, mashhur degan ma’noni anglatadi.

Xurshid – fors tadj. porloq quyosh, quyoshdek nur sochuvchi, iqboli baland degan ma’noni bildiradi.

Dilmurod – ko’nglimizdagi istak, orzu bo’lgan bola, dilga taskin, qalbga malham degan ma’noni anglatadi.

Daler – turk, tadj, ism bo’lib g’olib, kuchli, tezkor, o’g’il bola degani.

Elyor – o’zbG’forsG’tadjG’  o’z elini, do’sti, o’z elini sevuvchi, vatanparvar degan ma’noni anglatadi.

Zafar – g’alaba, yutuqqa erishish, birinchi degan ma’noni anglatadi.

Amal – amalli, yaxshi amallarni soxibi bo’lsin.

Amir –shox, amir, boshliq.

Bunyod – asos, tamom, ushalgan orzu, maqsadga etgan murod, tashkil e’tuvchi, yetuklik ma’nosi, buyod qiluvchi, barpo etuvchi.

Akobir – eng ulug’, eng kattalar, mansabdorlar yoki ulug’lar nasliga mansub bola.

Asilbek – asl zodlardan, nasli tozalardan degan ma’nolarni anglatadi.

Ilyos – payg’ambar ismi.

Samandar – chidamli, irodali, mustahkam, o’lmas degan ma’noni anglatadi.

Javlon – arab. chiroyli shaxdam qadamlar tashlovchi, harakatchang, chaqqon, javlon uruvchi.

Laziz –arab. yoqimli, yoqimtoy, shirin bola degan ma’nolarni anglatadi.

Shuxrat – g’alaba, yutuq, martaba, shuxratga erishish.

Isfandiyor – Allohni  tuhfasi, ehsoni,  muqaddas tuhfa degan ma’noni anglatadi.

Muhammadamin –amin- ishonchi, vakolatli, xavfsiz, tinch, osoyishta ma’nolarini anglatadi.

Abdurahmon – arab. o’ta mehribon va mahrli zotning quli degan ma’nolarni anglatadi.

Mahmud – arab. maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli degan ma’nolarni anglatadi.

Rasul –elchi degan ma’noni bildiradi.

Ahror – arab. oliyjanob ximmatli, mehr-muruvatli degan ma’nolarni bildiradi.

Shohruz – ShOX+KUN.

Iskandar – yunoncha. Mard, ko’rqmas, dovyurak, azamat, paxlavon, jasurlarning sardori, himoya qiluvchi, asrovchi.

Sabrina –fors. Arab. sabr toqatli, uzoq kutilgan, umid.

Mubina –aniq, ochiq oydin.

Imron –arab.tiriklik, barhayotlik,boqiylik, uzoq umr ko’ruvchi, ko’p yashovchi.

Sabina – arab. Qadr qimmatli, suyukli.

Indira – hinchdcha ism bo’lib, hashamatli ulug’ yorqin degan ma’nolarni anglatadi.

Damira – yahudiycha ism bo’lib, ma’nosi dunyoda uzoq yashovchi.

Iymona – iymonli, qalbi Alloh deguvchi degan ma’noni anglatadi.

Komila – arabcha ma’nosi, komil, mukammal, nuhsonlardan holi.

Kamila – lotinchadan ism bo’lib, qadimda Kamila degan sarkarda ayol bo’lgan ekan. Ma’nosi cherkovda xizmat qiluvchi yosh qiz.

Roziya – hazrat fotimani ismlaridan biri bo’lib, yoqimli, dilbar va quvnoq degan ma’nolarni anglatadi.

Osiyo – yahudiycha ism bo’lib, tanholikda hamroh, hilvatda do’st, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi dalil degan ma’nolarni anglatadi. Fir’avinni ayoli bo’lgan.

Asiye – turkcha ism bo’lib, osiy ayol degan ma’noni anglatadi. Ism qo’yishdan oldin ma’nosiga e’tibor berish kerak.

Feruza – arb tilida”g’alaba keltiruvchi”, fors tilida “omadli va baxtli ”degan ma’noni anglatadi.

Mukarram – islomiy ism bo’lib, hurmatlangan , hurmatga sazovor, muhtaram degan ma’nolarni anglatadi.

Shaxnoza – tannoz, noz karashmali, miloyim degan ma’noni bildiradi.

Farzona –forscha. Tojikcha ism, aqlli, dono, olima, tengsiz yoxud mehribon, savodli, saxiy degan ma’nolarni bildiradi.

Muslima – musulmon qiz, qalbi Alloh deguvchi degan ma’noni anglatadi.

Munisa – do’st, dugona, ulfat degan ma’nolarni bildiradi.

Samira – arabcha ism bo’lib, ko’ngilni xush qiluvchi, tong saxar nafasi, xidi.

Safina –arab tilida kema degan ma’noni anglatadi. Farzandingizga ota va onasini qarzidir.

Narmina – muloyim, mamnun, xursand va baxtli degan ma’nolarni bildiradi.

Dilnur – dil nuri degan ma’noni anglatadi.

Aliynur – aliy nuri degan ma’noni anglatdi.

Sumayya – oliy martabali, yuqori degan ma’noni anglatadi.

Imrona – tiriklik, barhayotlik, tiriklik, uzoq umr ko’ruvchi ko’p yashovchi.

Xanifa – to’g’ri so’z, toza degan ma’noni anglatadi.

Xusna – arab. Eng yaxshi qiz degan ma’noni anglatadi.

Shabnam – ertalabki shudring degan ma’noni anglatadi.

Shaxlo – ko’zlari chiroyli qiz.

Shirin – ma’nosi; shirin, nozik, yoqimli.

Odina – juma kuni tug’ilgan qiz.

Azxar – arab. Gullar degan ma’noni anglatadi.

Aysu – turk. Oy suvi degan ma’noni anglatadi.

Amina – ishonchli, sodiq, ishonchga loyiq qiz.

Asima –arab ism. Himoyachi degan ma’noni anglatadi.

Gulnora – arab guli degan ma’noni anglatadi.

Damira – tatar. Mustahkam qiz degan ma’noni anglatadi.

Dilnaz – o’zb.DIL+NAZ.

Dilso’z – o’zb. qalbi go’zal qiz.

Dina – tatar. Ishonuvchi yaxshi qiz degan ma’noni anglatadi.

Zarina – oltin degan ma’noni anglatadi.

Iroda – kuchli, kuchli, matonatli degan ma’noni angladi.

Bonu – shox sultonlar, aslzodalar nasliga mansub qiz degan ma’noni anglatadi. Beka, obro’li, xonim, begoyim degan ma’noni anglatadi.

Asalbonu – bolday shirin, yoqimli, baland martabali qiz.

Aziza – aziz, mukarram, kerakli.

Zabira – arabcha ism. kuchli, qattiq degan ma’noni anglatadi.

Zaynab – to’liq, vaqtiga yetgan qiz.

Soliha – arab. pokiza, diyonatli, taqvodor, xudojo’y qiz degan ma’noni anglatadi.

Dildora – fors. tadj. dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi va rahmdil degan ma’nolarini bildiradi.

Nargiza – yaxshigina, chiroyli qiz degan ma’noni anglatadi.

Samiya – oliyjanov so’zining qisqartirilgani.

Nilufar – nilufar guliga taqqoslangan ism. Gulday chiroyli va nurli degan ma’noni anglatadi.

Malika – shoxni qizi, chiroyli qiz, qizlar sardori.

Robiya – baxtli qiz, oilada to’rtinchi bo’lib tug’ilgan qizga qo’yiladi.

Sevara – sevimli, suyukli qiz.

Diyora – diyor qizi, keng qalbli, tinch vatanda tug’ilgan qiz.

Umid – ishonch, niyat, intilish degan ma’nolarni bildiradi.

Fayruza – qimmatbaho tosh degan ma’noni anglatadi.

Farzona –aqlli, o’qimishli degan ma’noni anglatadi.

Farida – marjon, topilmas degan ma’noni anglatadi.

Nozima – tartibli, tartibga solingan, tartibli, intizomli, sarishta degan ma’nolarni bildiradi.

Sarvinoz – tik qomatli, bo’y basti kelishgan, sarv daraxtiday kelishgan nozik qiz.

Zilola – tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg’ubor, oqila qiz.

Shukrona – shukurli, sabrli, Alloxga hamd aytuvchi qiz.

Nigina – qimmatbaho oltin uzukka o’rnatilgan yoqut, gavhar kabi qimmatbaho toshli uzuk, qadrli, zebo, go’zal degan ma’nolarni anglatdi.

Gulnoza  – GUL+NOZ.

Sitora – yulduz degan ma’nonianglatadi.

Mushtariy – yupiter sayorasini nomi va biror nima sotib oluvchi,xaridor

Bibisora – eron. o’zb. Bibi- beka degan ma’noni anglatdi.

 

 

Related posts

Leave a Comment