Tush ta`biri o`zbek tilida

tush ta`biri

Tush ta`biri o`zbek tilida

Tush ta’biri

 

Tush ko’rish inson  hayotda yashar ekan davom etadigan hodisadir. Ta’bir ham xuddi shunday. Har qanday tush ishora bo’lmaganidek, har qanday ta’bir ham to’g’ri bo’lavermaydi.  

Tushni eng to’g’ri  ta’birlovchilar, avvalo, payg’ambarlar, avliyolar, olimlar.

Ko’rilgan tushlarning 10 foizi haqiqat, qolgani esa turli sabablar tufayli kelib chiqqan ruhiy bezovtalikdir.  Ayniqsa, bolalar kunduzi sho’x o’yinlar, yugurishlar, ular uchun juda katta tashvish bo’lgan darslardan keyin tush ko’rishlari tabiiy.

Ularning tushlari ham alg’ov-dalg’ov, xuddi o’z o’yinlariga o’xshash besaranjom. Bu — 3- 13 yoshgacha bo’lgan bolalarga taalluqli. Lekin 13-17 yoshgacha bo’lgan o’smirlar, balog’at davrida bo’lganlari uchun ham jiddiyroq va salmoqliroq tush ko’radi. 13-yoshgacha bo’lgan bolalarning jismoniy mehnati ham, 13-17 gacha bo’lgan o’smirlar jismoniy mehnatidan farq qiladi.

O’smirlardagi tushlarning tushunarsiz bo’lishiga sabab — internet. Agar u bir necha soatlab internet saytlarida o’tirsa, uxlagach, tushunarsiz tush ko’rishi tabiiy hol. Miya faoliyati bilan mashg’ul bo’lgan odamlar ham ko’pda tushlarini charchaganlik tufayli esda saqlayvermaydilar. Ba’zi bolalar ham shunday. Lekin, baribir, qaysidir tush mazmuni esda qolishi mumkin.

Bolalarning tushlari kattalarnikidan farq qiladi. Shuning uchun ham ularning tushlari  boshqacha ta’bir qilinadi. Masalan, kattalar tushlarida ot minsalar martabaga erishishlariga yo’yilsa, bolalarniki boshqacharoq; bolalar tushlarida ot minsalar kimningdir yordami bilan o’zlarining oldilariga qo’ygan kichik bir maqsadlariga erishadilar.

Yoki tushda olma ko’rish kattalarning tushlarida janjalga yo’yilmaydi, ammo o’smirlar olma ko’rsalar, o’nglarida kimlar bilandir janjallashadilar. Zero, bolalarning dunyoqarashi bilan katta yoshdagilarning dunyoqarashi bir xil emas. Aslida tush ko’rish va uning ta’biri inson ruhiyatiga bog’liq.

Ruhiyat shundayki, tush ko’rayotgan odamga olamni rangin ko’rsatadi. Darvoqe, dunyodagi 12 foiz odam oq-qora rangda tush ko’radi. Dunyodagi qolgan odamlar tushlarini rangin ko’radilar. Lekin bolalar istisnosiz ravishda faqat rangin tush ko’radilar.

https://www.youtube.com/results?search_query=%D1%82%D1%83%D1%88+%D1%82%D0%B0%D1%8A%D0%B1%D0%B8%D1%80%D0%B8

tush ta`biri

Ko’rilgan tushlar uch qismga bo’linadi:

  1. Xushxabar tushlar.
  2. Ogohlantiruvchi tushlar.
  3. Bashorat mazmunidagi tushlar.

 

Tush ta’biri o`zbek.

Xushxabar tushlar

 

Tush farishtasi Tangrining amri bilan dunyo va oxiratga aloqador xushxabarlarni tush vositasida insonlarga etkizadi. Shunday tushlar ko’rgan kishilar Allohga beadad hamdu sano aytishi kerak. Faqirlarga sadaqa berish ham o’rinli amaldir. Shunday qilinganda qo’rqinchli tushlar ko’rish azobidan ham qutuladi.

Yana Parvardigoringiz bildirgan (bu so’zlarni) eslangiz: “Qasamki, agar sizlar (Mening bergan ne’matlarimga) shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrlik qilsangizlar, albatta, azobim juda qattiqdir”.

OGOHLANTIRUVChI TUShLAR

Inson xatolarga yo’l qo’yaversa, ibodatlardan uzoqlashsa, Parvardigor tush farishtasiga shu bandani ogohlantirib o’ziga keltirish uchun ogohlantiruvchi tushlar ko’rishni buyuradi.   Bunday tushdan tegishli xulosa chiqaradi, tavba qiladi, Yaratganni eslaydi.

BAShORAT MAZMUNDAGI TUShLAR

Allohning izmi bilan tush farishtasi bandalarining bashorat beruvchi tushlar ko’rishini ta’minlaydi. Natijada inson tushida haj ziyoratiga boradi. Qur’on o’qiydi, toat-ibodat qiladi, zakot va sadaqa beradi, namoz o’qiydi, ro’za tutadi. Boshqa xayrli ishlar qiladi.

Bunday tushlar Alloxni bandasiga bashoratidir. Shunday tush ko’rgan kishi bandalik vazifalariga xushyorroq bo’lishi, gunohga yo’l qo’ymaslikgi, tavba qilishni to’xtatmasligi, har doim, har masalada Yaratgandan madad tilashi lozim.

 

 

 

Related posts

Leave a Comment