Tushda anor ko`rsa nima deb ta`bir qilinishi haqida.

tushda anor

Tushda anor ko`rsa nima deb ta`bir qilinishi haqida.

 

Tushda anor ko’rish mavsumida ko’rilsa, mol-davlat va ayol, deb ta’bir qilinadi. Nordon anor ko’rish qayg’u, xafagarchilikka ishoradir. Mavsumidan tashqari ko’rilgan shirin anor ham kasallik, ham xafagarchilikdir. Tushda anor ko’rish pul, deb ham ta’bir qilinadi.

Картинки по запросу гранат фрукт

Tushda anor

Tushida anor sotga- nini ko’rgan kishi dunyoni oxiratdan ustun qo’yadi. Tushda anor daraxtini ko’rish dindor, badavlat kishi, deb ta’bir qilinadi. Uning tikanlari kishini gunoh va fahsh ishlardan qaytaradi. Agar tush ko’rgan kishi amaldor bo’lsa, dushmanlaridan ustun keladi.

Картинки по запросу гранат фрукт

Tushda anor darahti

Savdogar bo’lsa, savdosi yurishadi. Anor daraxtini kesish qarindosh-urug’ bilan aloqani mustahkamlash zarurligiga ishora, ogohlantirishdir.

 

 

AYIQ

Tushda ayiq ko’rish fitnakor; ba’zan esa hiylagar yoki yomon xotin; ba’zan qamoq sifatida ta’birlanadi. Tushida ayiqni o’ldirish kishi dushmanlaridan ustun kelishidir.

 

ARSLON

Tushida arslonni ko’rgan kishi davlat arboblari bilan uchrashadi, suhbatlashadi. Arslonga mingan kishiga obro’- e’tibor ko’rsatadi. Arslon davlat yoki raqib demakdir.

ARSh

Tushida arshi a’zamni ko’rgan kishi yuqori martabaga erishadi, orzulari amalga oshadi. Bunday tush avliyolik darajasiga etish ishorasi hamdir. Shuningdek, buyuk ki- shilar bilan uchrashishni bildiradi. Prezident, bosh va- zir, avliyolar kabi.

ASIR BO’LISh

Tushdagi asirlik qayg’u-iztirobdir. Asirlarni ko’rish esa yuqori martaba, hurmat-e’tibordan darak. Biror qo’mondon yoki davlat arbobining asir bo’lganini ko’rish moddiy manfaatdir. Qisqa muddatli asirlik g’am, ziyon- dir. Asirlikdan qutilishning ta’biri esa aksincha. Asir- ni qutqarish biror kishiga yaxshilik qilishdir.

ASKAR

Tushda askar, payg’ambar, davlat arbobi yoki olimni ko’rishi mo’minlarga madad berish ishorasidir. Bir kishi biron shaharga biron ko’chada yoki biror mahallaga askar kelganini ko’rsa, u erlarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi ta’birchi- lar askar ko’rishni mo’minlar uchun najot va zolimlardan intiqom olish, deb ham ta’birlaydi.

ASKAR, QO’ShIN

Tushda qo’shin ko’rish Allohning askari bo’lgan rahmat va azob farishtalari deb ta’bir qilinadi. Qo’shinda askar ekanini ko’rgan kishi kasal bo’lsa, vafot etadi. Ka- sal bo’lmasa g’amga botadi. Biror joyga qo’shin kirganini ko’rish o’sha joyda yomg’ir yog’ishiga ishoradir. Tushda askar ko’rish mo’minlar uchun g’alaba, zolimlar uchun qasosdir.

 

Related posts

Leave a Comment