Tushda azon aytish nimani bildiradi

tushda azon

Tushda azon aytish nimani bildiradi

AZON

Tushda azon aytilayotganini eshitish xushxabarga, haj ziyorati,  safarga.

tushda azon

Tushdagi azonning qaerda, qanday vaziyatda o’qilishini bilish muhim. Ertalab  azon o’qilganini eshitish -amal, minorada azon o’qish-to’g’ri so’zlik, tepalikda azon o’qish-taniqli kishi uchun targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishi. Notanish joyda azon o’qigan kishining  o’ziga nafi tegmaydigan ish bilan band bo’ladi. Haj oylarida tushida azon o’qigan kishi haj ziyoratiga boradi. Azonnni eshitish-xush xabarga. Qibladan boshqa tomonga qaragani, arabchadan boshqa tildan azon o’qiganini ko’rgan kishi bid’atga berilgan bo’ladi.

tushda azon eshitish

O’zining azon o’qiganini ko’rgan kishi gunohkor odam bo’lmasa, xalqiga yaxshi xizmat qiladi; gunohkor banda bo’lsa, jazosini oladi. Azon o’qiganini, azonga hech kim e’tibor bermaganini ko’rgan kishi zolim ekan. Qo’shnining uyi ostida azon o’qiganini ko’rgan kishi, Qo’shnisining xotiniga xiyonat qiladi. Ko’chada azon o’qiganini ko’rgan kishining maxallasida kimdir vafot etadi. Biror kishi iflos joyda azon o’qiganini ko’rsa, ahmoq kishini nasixat beradi, nasixati javobsiz qoladi.

 

Related posts

Leave a Comment