Tushda emizish nimani bildiradi.

tushda emizish

Tushda emizish nimani bildiradi.

Tushda emizish nimani bildiradi.  Biror narsani emganini ko’rgan kishi undan foydalanadi. Biror ayolning ko’kragini emgan kishi u ayolning holatiga qarab, ozmi-ko’pmi, halol yoki harom molga ega bo’ladi. Biror bolaning emishini ko’rish rizqning mo’l bo’lishiga ishoradir. Biror ayol yoki erkakning yigit tomonidan emilganini ko’rish unga qizlarini berib merosxo’r qilishlaridan darakdir. Tushdagi siyna mol-davlatdir. Emish foydalanishdir. Ta’bir shunga asoslanadi.

Картинки по запросу во сне кормит ребенка

Tushda bola emizish

Biror erkak tushida bola emizayotgani ko’rsa, g’amga botadi. Biror kishining ko’kragidan sut emganini ko’rgan kishi qamaladi. Ayolning tushida o’z bolasini emizish bolaning yaxshi inson bo’lishidan dalolatdir. Ayol o’z ko’kragini emayotganini ko’rsa, qizi meros oladi.

Tushda erkak xotinining ko’kragini emganini ko’rsa

Erkak xotinining ko’kragini emganini ko’rsa, xotini orqali boyib ketadi. Ayol tushida boshqa ayolni emsa, sut kelsa, moddiy manfaat ko’radi; sut kelmasa, ayol ayolga oshiq bo’ladi. Bir erkak bir necha ayolning ko’kragidan ushlab emganini, biroq sut chiqmaganini ko’rsa, juda jirkanch munosabat: erkakning erkakka rag’bati yuzaga keladi. Biror hayvonning elinidan sut emganini ko’rgan kishi qiynalmay boylik topadi, elinidan boshqa joydan emib sut chiqqanini ko’rsa, qiyin ishni foyda bilan yakunlaydi. Barmoqlari yoki qo’lidan sut emganini ko’rgan kishi doimo, har masalada ustunlik qiladi.

Картинки по запросу во сне кормит ребенка

ERKAK

Tushida tanish erkakni ko’rish boylikdir. Keksa, sochlari oqargan erkakni ko’rish – mo’l va halol mol-mulk daragi. Notanish erkakni ko’rish kam harakat evaziga ko’p boylikka erishishni bildiradi. Soch-soqoli oqargan qariyani ko’rish boylik, hurmat va kuchning kamayishiga ishoradir. Bunday kishidan biror narsa olish (har qancha katta bo’lsa ham) kichkina narsalarni bildiradi.

echki

Tushda ko’rilgan echki ta’biri qo’yniki kabidir. Taka, qo’chqor, uloq, qo’zining ta’biri ham shunday. Tushda echki olgan kishining xotini tarbiyasiz, murosa qila olmaydi- gan ayol bo’ladi.

ChIROQ

Tushda chiroq yonib turgan bo’lsa, manfaat, qiziqtirgan masala bo’yicha ma’lumot, muvaffaqiyat, Allohning madadi, shifo, ishlarni yo’lga qo’yishdan darak beradi. Chiroqning o’chishi balo-qazo yoki davlat tomonidan keladigan zararga ishoradir. Chiroq yoki qandili qo’lida o’chib qolganini tush ko’rgan bemor vafot etadi.

ChODIR

Tushida katta chodir qurilganini ko’rgan kishi qudrat va imkoniyatga ega bo’ladi. Sahroda katta chodir ko’rish u erda shahidning harbi borligiga ishoradir. Tushda ko’rilgan chodir safar, qabr, umr yo’ldoshi, uy tarzida ta’birlanadi. O’z chodiri yig’ib qo’yilganini ko’rgan kishining ajali yaqindir.

 

Related posts

Leave a Comment