Ozish uchun foydali maslahatlar
Inson semizligini tan olib, o`zini boricha qa`bul qilib ham yashasa bo`ladi. АMMO! Semiz holida ham o`zini yahshi ko`rishni va hamma narsada faol bo`lishiga erishishi mumkin. Ammo ortiqcha vazn organlarni yo`g` bosishi, o`z yoshiga nisbatan katta ko`rinish va albatta vaqt o`tgan sari harakatlanishda og`irlikni his qilishi mumkin.
Ozish usullarida psixologik yondashuv.
Hozirgi vaqtda har bir ayol va qizlarni shu maommo qiynab keladi. Vaznni ortishi psixologik faktorga ham bo`g`liq bo`ladi. Psixologlar aytishicha, inson aytolmagan gaplarini ichiga yutishi va g`am alamni ko`payib ketishi semirish olib keladi. Shuning uchun ham “chiqindilar daftarini” tutishni maslahat berishadi. Chiqindilar daftarida siz ayta olmayotga gaplaringizni va ichingizdagi g`am alamlarni mazza qilish yozib olasiz va yengillashasiz. Inson huddi qop misoli bo`larkan. Hamma yuzaga chiqmagan gaplari ichiga yig`ilib semirishni boshlar ekan. Bo`ldi shu bilan demoqchi emasman! Albatta ozmoqchi bo`lgan ayol har tamonlama harakatni boshlasa nur ustiga a`lo nur bo`ladi. Men shunday odamlarni bilamanki, o`zi meditatsiya orqali 12 kg vazn tashlagan.
Psixologik bilimlarni egallash ham albatta o`z kuchini ko`rsatadi. Ozishni boshlagan yoki boshlamoqchi bo`lgan inson, shifokorga borib hazm qilish, moddalar almashinuvini yaxshilash uchun maslaxat olishi yoki shu jarayon yaxshi ishlamasa davolani kerak bo`ladi. Yana bir maslahat “google dan psixosomatika jadvalini” ha o`qib ko`ring. Psixosomatika jadvalida misol: qorin katta bo`lishi, son qismini nega semizligi yoki bo`lmasam umumiy qilib aytganda “semizlikni” sabablarini o`qib oling. Hozirgi vaqtda ya`ni bizni davrimizda juda ko`p programmalar, shagometr hisoblagich va shunga o`xshagan ko`pgina narsalar o`ylab topilgan.
Ovqatlanish kun tartibi:
Ozish uchun – sarf qilayotgan energiyangizga nisbatan, kamroq kaloriyali ovaqatlanish kerak bo`ladi. Agar siz kaloriyani hisoblashni bilmasangiz PLAY MARKED dan yuklab olishingiz mumkin. Yuqorida aytib o`tganimdek, ozish har tamonlama yondoshish zarur. Istemol qilayotgan taomingizni sifatiga va kaloriyasiga e`tibor bering. Agarda siz 1500 kkal istemol qilib, 2500 kkal sarf qilsangiz – ozasiz. Agarda inson surunkali yoki sog`lom bo`lmasa unda bu ishlamaydi. Hammasi oddiy: kkal ni qabul qilish, sarf qilishdan kamroq bo`lsa bo`ldi.
Ozish sirlarini bilasizmi?
Yotishdan oldin ovqatlansa bo`ladimi? Agar siz sog`lom bo`lsangiz ha! Faqat kaloriyasi kam bo`lgan mahsulotni. Ozish uchin istemol qilayotgan taomni ko`pligiga e`tibor bering. Odatlaringizni o`zgartiring! Idishingizni kichikroq hajmdagi idishga almashtiring. Agar bilsangiz Xitoyliklarni hamma narsada hajmi kichkina bo`ladi. To`rtlarini hajmi, taomlarini hajmida ham. Hozirgi internet rivojlangan davrda PP taomlarni yutub orqali qidirib, undan foydalanishingiz mumkin. Ozish 20 foiz sport, 80 foiz to`g`ri ovqatlanishga bog`liq.
Ozishda sportning foydali tamonlari.
Albatta ozish qaror qilgan inson sportni ham qo`shish kerak. Yo`q meni vaqtim yo`q borishga desangiz, bu men o`zimni sevmayman deganidir. Sportni hayotingizni bir bo`lagiga aylantiring. O`zingizni sevishga o`rganing. Sportni foydali tamonlari haqida gapirsak: sport bu qon aylanishini yaxshilab beradi. Qon yaxshi aylanishi deganda bu siz faol va sog`lom hayotda yashayotganingizdan habar beradi. Yana sport kayfiyatni ko`tarilishi, immunitetni oshishi, nafas olish va shu kabi ko`pgina foydali tamonlari bilan ajralib turadi. Sport bilan shug`ullanish uchun faqatgina semiz bo`lish kerak emas.
Hozirgi kam harakatli hayotda bolalar, ota-onalar va qariyalar ham sport bilan shug`ullanishlari kerak. Chumchiq so`ysa ham, qassob so`ysin deb bekorga aytishmagan. O`z ishini mutahasisiga borsangiz, nur ustiga alo nurdir. Chungi ular bu sohada bilib o`rganishgan va bu soha ularni jonu dili. Ular sizga maqsadingizga oson va tezroq borishingizga yordam beradi. Shu bilan birga sog`lom bo`lish va ozish uchun yoga mashg`uloti bugungi kunda eng samaralisi hisoblanadi. O`tirmang harakat qiling, o`z ishini ustasini toping! Omad sizga yor bo`lsin.