Tushda chumoli ko`rsa nima bo`ladi.

tushda chumoli

Tushda chumoli ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda chumoli ko`rsa nima bo`ladi. Chumoli inson demakdir. Uyida chumolilar yurganini ko’rgan kishinning nasli shu qad ko’p bo’ladiki, o’zi ham xayron qoladi. Chumolilarning biror egulikka yoki narsaga tushganini ko’rish o’sha narsaning yo’q bo’lishiga ishoradir. Chumolilarningtashqaridan uyga biror narsa tashiganini ko’rgan kishi boy bo’ladi va ko’p xizmatchi ishlatadi.

Картинки по запросу муравей

Tushda chumoli

Chumolilarning bir narsani inlariga tashiganini ko’rish shu narsaning rag’bat ko’rishiga ishoradir. Biror xududni chumoli qoplaganini ko’rish talonchilik va jang- jadaldan darak bo’lishi mumkin. Chumoli oila a’zolari, qarindoshlar, safar, ayriliq, boylik va ne’mat, deb ta’bir qilinadi.

Картинки по запросу муравей

ChOY VA ChOYNAK

Choy ko’rish manfaat va lazzatga ishoradir. Choy daraxtini ko’rish xursandchilik va quvonch keltiruvchi ayoldir. Tushda choynak ko’rish g’iybat demakdir.

ChORDOQ

Tushida chordoqni ko’rgan kishi oilasiz bo’lsa, oila quradi. Oilali bo’lsa, farzand ko’radi. Chordoq o’ta aqlli va go’zal ayol, deb ham ta’birlanadi. Tushida chordoqqa chiqqanini ko’rgan kishining xavotirlari tarqaydi. Kasal bo’lsa, jannatga ketadi. Bunday hollar unda bo’lmasa xursandchilik, quvonch nasib etadi. Chordoq ko’rgan badavlat kishilarning beliga zarar etadi.

ChUMChUQ

Tushda ko’rilgan chumchuq nozik jussali, xurmatli ayoldir. Tushda ko’rilgan chumchuq bolasi esa farzand, deb ta’bir qilinadi. Tushida qo’lidagi chumchuqlardan birining uchib ketganini ko’rgan kishi farzandidan ayriladi.

ChUQUR

Biror kishi tushida o’zining chuqurga tushganini ko’rsa, dushmanlaridan yomonlik etadi. Chuqur joyda ketayotga- nini ko’rgan kishiga farovon hayot yoki qiyinchilik va’da qilinadi. Chuqur qaziganini ko’rgan kishining kuchi kamayadi, nufuzi pasayadi.

ChO’L

Tushida o’zini cho’lda ko’rgan kishining yolg’iz yashashdan

mamnun ekaniga ishora bordir. Cho’l yolg’izlikni ifodalaydi.

#

ChO’ChQA

Tushida cho’chqa ko’rgan kishi yomonlar bilan do’st tutinadi. Cho’chqa go’shtini egan kishi harom mol topadi. O’zini cho’chqa ekanini ko’rgan kishi insonlar orasida xo’rlanadi. Tushdagi cho’chqa dushmanlardir. Xotini bilan urishib qolgan erkak tushida urg’ochi yoki erkak cho’chqa ko’rsa, xoti- ni bilan ajrashadi. Cho’chqa bolasini ko’rish xafagarchilik, qayg’udir. Cho’chqa bilan ovora bo’lganini ko’rgan kishi pastkash odam bilan janjallashadi.

Cho’chqaga mingyyini yoki boqqanini ko’rgan kishi nufuzli joyda ishlaydi, xo’jayinning ishlarini yuritadi. Uzining cho’chqa bo’lganini ko’rgan kishining imoni susayadi, ammo boyiydi, arzonchilik, mo’l-ko’lchilik bo’ladi. To’shagida urg’ochi cho’chqani ko’rgan kishi yahudiy ayol bilan jinsiy aloqada bo’ladi. Cho’chqalarning bolalari ularga ega bo’lgan yoki ko’rgan kishi uchun arzonchilik, mo’l-ko’lchilik ma’nosini anglatadi.

 

Related posts

Leave a Comment