Tushda echki ko`rsa nima bo`ladi.

tushda echki TUSH TA`BIRI
Горизонтальный алфавит

Tushda echki ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda echki ko`rsa nima bo`ladi. Tushda qo’y-qo’zi ko’rish kuch-quvvato’halol mol, farzand, hurmatli zot, najot, g’alaba, shifo, maqsadga erishishga ta’bir qilinadi. Qo’chqor obro’li, kuchli insonga ishoradir. Tushida qo’chqori borligini ko’rgan kishi hurmatga sazovor bo’ladi. Qo’chqor olish uchun savdolashganini ko’rgan kishiga hurmatli inson muhtoj bo’ladi. Qo’chqorning o’lganini ko’rish mantiqli zotning vafotiga, uning so’yilganini ko’rish shunday kishining o’ldirilishiga ishoradir. Go’shtidan eyilsa, molning tarqatilishidan darak bo’ladi. Go’shtning pishirilgani va undan eyilganini ko’rgan kishi yaqin odamidan ayriladi, motamda qoladi.

Картинки по запросу козлик

 

Qo’y itoatkor xotin va oson erishiladigan halol rizqdir. Qo’zichoq esa o’g’ilning farzandi va murod hisoblanadi. Bulardagi hollar ularga nisbat berilib ta’bir qilinadi. Tushida qo’y ko’rgan, uni so’ygan kishi hammadan ustun bo’ladi. Qo’yningterisini shilib, go’shtini xomtalash qilgan kishining hurmati ortadi. Ammo boyligi qo’ldan ketadi. Qo’chqorlarga ega chiqqanini ko’rgan kishi mas’ul lavozimni egallaydi.

Похожее изображение

Qo’chqorning terisinishilgan kishi boyiydi. Qo’y boqqanini ko’rgan kishi katta boylikka ega bo’ladi. Qo’yni so’yib go’shtidan egan kishi maqsadiga etadi. Qo’zichoq va uloq ko’rish farzand va foydali ishga ishoradir. Qo’y go’shti eyish xafagarchilikdan darak beradi. Qo’y go’shtini chaynab turgan kishi taniqli zot bilan tanishadi. Qo’yning kallasini egan kishining umri uzoq, kelajagi porloq bo’ladi. Go’shtni eyishni istamagan holda qo’yni so’yganini ko’rgan kishi bir qizga uylanadi. Uyidan qo’y chiqqanini yoki o’g’irlanganini ko’rgan kishi turmush o’rtog’idan ayriladi. Qo’yning qo’zilashi mo’l-ko’lchilik, farovon hayotga ishoradir.

 

QO’ChQOR

Tushda qo’chqor ishonchli, obro’li kishiga ishoradir. Qo’chqorning junini olgan hurmatli kishi tufayli boyib ketadi. Go’shtini eyish niyati bo’lmagan holda qo’chqorni so’yish obro’-e’tiborli kishini yoki dushmanini o’ldirishga ishoradir. Qo’chqorga mingani, qo’chqor unga bo’ysinganini ko’rgan kishi kuchli, bahaybat kishini mag’lub etadi. Biror kishi tushida qo’chqor ustiga minib olganini ko’rsa, bahaybat, kuchli kishi zo’ravonlik bilan unga hukm o’tkazadi. Shoxsiz qo’chqor va egasidan ozod qilingan kishiga yo’yiladi. Tushda ko’rilgan qora qo’chqor qora kishiga, oq qo’chqor esa oq insonga nisbat beriladi.

 

QO’ZIChOQ VA ULOQ

Tushda ko’rilgan qo’zichoq ota-onasiga itoat etuvchi farzanddir. Barcha hayvonlarning bolalari tushda ular- ga ega bo’lganlar uchun xafagarchilikdir. Tushda ko’rilgan qo’zichoq va uloq oilaning farzandini bildiradi. Tushida qo’zichoq va uloq so’yib go’shtini eganini ko’rgan kishining yoki uning qarindoshlarining farzandi dunyodan o’tadi.

QUShXONA (QASSOBXONA)

Tushda qushxona ko’rish yaxshilikka yo’yilmaydi. Qushxona zulm, azob va qamoqxonaga ishoradir. Shuning uchun tushda qushxona ko’rgan kishi, agar ichkariga kirgan bo’lsa, qamalishdan yoki mirshab huzuriga chiqishdan saqlanishi lozim.

yurishi ham shun- day ta’birlanadi.

QURBONLIK

Tushida dinda ko’rsatilgan hayvonlardan birortasini qurbon qilganini ko’rgan kishining nufuzi ortadi. Uni baxtli qiladigan ayolga uylanadi. Yoki kishilarga juda ko’p nafi tegadigan o’g’li bo’ladi. Tushda Alloh rizosi uchun qurbonlik so’yganini ko’rgan kishi asir bo’lsa, ozodlikka chiqadi. Biror ishni boshlagan bo’lsa, ko’p foyda ko’radi. Biron niyati yoki duosi bor bo’lsa, qabul bo’ladi. Biror a’zosi kam yoki nogiron hayvonni qurbonlik qilganini ko’rgan kishi qiyinchiliklarga duch keladi, ishi chala qoladi, bid’atga beriladi. Odamlarga qurbonlik go’shtini tarqatganini ko’rgan kishi g’am-kulfatdan qutuladi, obro’- e’tibor topadi.

 

 

 

Visited 22 times, 1 visit(s) today
Rate article
Туш таъбири
Add a comment

Яндекс.Метрика