Tushda janjal ko`rsa nimani bildiradi.

tushda janjal

Tushda janjal ko`rsa nimani bildiradi.

MUShTLAShMOQ

Tushda bir kishi kimnidir tayoq yoki qamchi bilan ursa, kaltak egan odamga urilgan tayoq yoki qamchi soniga teng miqdorda pul keladi. Mushtlashuv natijasi tushdagining aksi bo’ladi. Tushda birovning kaltaklaganini ko’rgan kishi unga yutqazadi. Tushda kaltaklanish mol-mulkka ega bo’lish ham deyiladi.

Картинки по запросу ссоры 8 класс

Tushda janjal

Ikki tomonning bir-birini kaltaklashi o’zaro yordamni ifoda etadi. Notanish kishilar tomonidan kaltaklanish bo’lsa, yordam oz bo’ladi. Bo’ydoq kishining bi- ror qizni kaltaklashi oila qurishlariga ishoradir.

MUSALLO TOShI

Tushda ustiga o’liklar qo’yiladigan musallo toshini ko’rish xafagarchilik, qiyinchilik, obod erlarning xarob bo’lishi, ajrashish, olis safarlarga chiqish, deb ta’bir qilinadi. Shunday tush ko’rgan kishi qarzdor bo’lsa, qarzi so’raladi.

MUSIQA ASBOBLARI

Tushda musiqa asboblarini chalish, tinglash, yasash, sotish, sotib olish xafagarchilikka ishoradir. Tushida nay chalganini ko’rgan kishining ko’ngli g’amga to’ladi.

MUSOFIRChILIK
(YuRTDAN UZOQDA BO’LISh)

Tushda musofir bo’lish boylikka erishishdir. Musofirchilik yaxshi ko’rgan kishilar bilan bir joyda bo’lish, deb ham ta’bir qilinadi. Musofir ekanini ko’rgan kishi bir erdan boshqa joyga ko’chadi. Musofirlik (xorijda yashash) yolg’izlik, deb ham ta’bir qilinadi.

MUSHAFI ShARIF (QUR’ON)

Tushida Mushafi Sharifni yo’q qilganini ko’rgan kishi og’ir gunohga qo’l uradi. Qur’on sotib olib ko’tarib yurganini ko’rgan kishi uning hukmlariga amal qiladi. Allohning Rasuli (s.a.v.) huzurlarida Qur’on o’qiganini ko’rgan kishi qori bo’ladi. Qur’onning sahifalarini eganini ko’rgan kishi pora oladi. Biror kishi Qur’onning sahifalari va satrlarini eganini ko’rsa, Qur’on o’qib kun ko’radi. Kasal kishi tushida yonida Qur’on borligini ko’rsa, darddan xalos bo’ladi. Qur’onni o’g’irlanganini va yashirganini ko’rgan kishi namoz o’qish qoidalariga amal qilmaydi. Qur’onni olib qo’yilganini ko’rgan kishi il- midan bexabar qoladi.

 

MUZ

Yosh erkakning tushida muz ustida sirpanganini ko’rishi xatoga yo’l qo’yishidan dalolatdir. Shunday tush katta yosh- dagilar uchun hiyla va nayranglardan oson qutulish, yosh ayollar uchun uy yumushlarini bajarish katta foyda kel- tirishi va eri bilan baxtli hayot kechirishiga, hammaning mehrini qozonishiga ishoradir.

MO’YLOV

Mo’ylov obro’-e’tibor va ibodat tarzida ta’birlana- di. Mo’ylovi kesilganini ko’rgan kishi dinga berila- di. Mo’ylovi o’sib, egan-ichganini ichga kirganini ko’rgan kishi dinda bid’atlarga erishadi.

MO’YNA

Qish faslida mo’ynali kiyim kiyganini ko’rgan kishi ezgu ishga qo’l uradi, shu ish orqasidan yaxshi hayot kechiradi. Tushida mo’ynani teskari kiyganini ko’rgan kishi behisob mol-dunyoga ega bo’ladi. Mo’yna ko’rish, umuman yaxshilikka yo’yilmaydi: kibr g’ururdan darak hisoblanadi.

 

Related posts

Leave a Comment