Tushda loy ko`rsa nimani bildiradi.

tushda loy TUSH TA`BIRI
Горизонтальный алфавит

Tushda loy ko`rsa nimani bildiradi.

Loy va balchiq tuproq kabi tush ko’rgan kishining molidir. Pishirilgan yoki issiq loy dard-g’amdir. Uyini loy bilan suvaganini ko’rgan kishi uzoq vaqt g’amdan qutula olmaydi. Imorat qurishda ishlatilga loy boylik va taqvodir.

Tushda balchiq

Картинки по запросу гряз

Balchiq, botqoqlik yoki loyga yiqilganini ko’rgan kishi qutulib chiqolmasa, vafot etadi. Kiyimlari loy bo’lganini ko’rgan kishi azob chekadi, kasal bo’lsa, kasalligi uzoq vaqtga cho’ziladi yoki biroz boylikka ega bo’ladi.

Tushda loy

Картинки по запросу гряз

Loy eyish g’iybat qilishdir. Loy qorganini ko’rgan kishi yaxshi ish boshlaydi. Biror kishini loy ichida ko’rish unga kulfat kelishidan nishonadir.

 

lola

Tushda lola ko’rish oshiq bo’lishga ishoradir. Erkak kishining lola ko’rishi ko’rishi go’zal qizga, qizning lola ko’rishi esa yoqimtoy yigitga oshiq bo’lishga ishoradir. Lola o’stirganini ko’rgan kishi yaqinglari, qarindosh-urug’ orasida hurmat qozonadi.

MAJLIS

Nasihat qilishga ishtiyoqmand bo’lmagan kishi va’z- nasihatlar majlisida bo’lgani, xalqqa nasihat qilganini ko’rsa, u kishining qayg’uda ekani, og’ir ahvoldan qutulish uchun Allohga duo va iltijo qilishi ma’lum bo’ladi. Tushida notanish kishilar majlisiga taklif etilgani u erda noz-ne’matlar mo’lligini ko’rgan kishi Alloh rizosi uchun jihodda ishtirok etadi va shahidlik martabasiga erishadi.

MAY QO’NG’IZI

  • Tushda ko’rilgan may qo’ng’izi asabiy, xasis kishiga ishoradir. May qo’ngizining erkagi axloqsiz xizmatchi- ga, urg’ochisi yaqinda ko’zi yorilgan ayolning vafotiga ishora hisoblanadi. May qo’ng’izi fe’li yomon rafiqa, deb ham ta’bir qilinadi. May qo’ng’izining chayonga aylanganini ko’rish adovatini sezdirmagan dushmanga ishoradir. Tushda ko’rilgan may qo’ng’izi ko’pincha harom mol to’playdigan dushman timsolidir.

MAYMUN

Tushda ko’rilgan maymun zolim, har qanday yomonlikdan tap tortmaydigan erkakdir. Maymunga bir narsalar berganini ko’rgan kishi nonko’r bandaga yordam beradi. Maymun go’shtini ko’rish g’am-kulfatdir. Maymun ko’rish ne’mati qo’lidan olingan faqir kishiga ishora sanaladi.

MAYXONA

Tushda mayxona ko’rish zaiflik, gam-qayg’uning ketishiga ishoradir. Mayxona zino qilgan ayol va axloqsiz xizmatkor ham deb ta’bir qilinadi. Umuman olgan da, mayxona xafagarchilik va qiyinchilikka ishoradir. Mayxonani ko’rgan kishi kasal bo’lsa, ajali iqishshshgan bo’ladi. Taqvodor kishi tushida mayxoia ko’rsa, fitna xavfi bo’ladi. Tushda mayxonachini ko’rish farovon hayot, bemorlarning shifo topishiga ishoradir. Mayxonachi- ni ko’rish, ko’pincha, sudxo’rlikka, cho’chqa va maymun kabi hayvonlar va o’yin vositalari savdosiga ishora bo’ladi.

 

 

 

Visited 39 times, 1 visit(s) today
Rate article
Туш таъбири
Add a comment

Яндекс.Метрика