Tushda maktab ko`rsa nimani bildiradi.

tushda maktab

Tushda maktab ko`rsa nimani bildiradi.

MAKTAB

Tushda maktab ko’rishning ta’biri masjidniki singari. Tomi bo’lmagan masjid tugallanmagan ish, foydasiz ibodat va amal qilinmagan ilmni bildiradi. Tushda maktab ko’rish kamchiliklarni tugatish, deb ta’bir qilinadi.

Похожее изображение

MAKTUB

Tushda maktubni yozib tugatganini ko’rgan kishi kutilgan natijaga erishadi. Maktubni bitira olmaslikni ta’biri aksincha. O’ziga maktub berilganini ko’rgan kishi u paytda nimaga muhtoj bo’lsa, shunga erishadi.

 MAKKAI MUKARRAMA

Tushda Makkai Mukarramani ko’rish turli falokatlar va tirikchilik tashvishlaridan omonlikdir. Shuningdek, ezgu ishlar qilishga muyassar ham. Tushda Makkai Mukkaramani ko’rish o’ngda ham ko’rishning nasib etishi deb ta’bir qilinadi. Makkai Mukkaramani ko’rish faqat yaxshilikka yo’yiladi. Ammo u erga kiritilmaganini ko’rgan kishi islom dinidan chiqadi. Tushda haj ziyorati uchun Makkaga borganini ko’rgan kishi o’ngida ham hajga boradi. Makkada mo’l-ko’lchilik, arzonchilik bo’lganini ko’rish yaxshilikka, arzonchilikka qimmatchilik bo’lganini ko’rish esa yomonlikka yo’yiladi. Tushda o’liklar bilan birga Makkada ekanini ko’rgan kishi o’sha erga joylashadi.

MASJID

Tushda masjidga kirish diniy vazifalarni bajarish, halol va haromni ajrim qiluvchi hakam, insonning tijorat maqsadida tijorat bozorga chiqishiga ishoradir. Masjid- da namoz o’qiganini ko’rgan kishi moddiy to’kislikka eri- shadi. Masjid qurdirganini ko’rgan kishi insonlarning yo’lboshchisiga aylanadi. Masjidga kirganini ko’rgan kishi ishonchga erishadi. Masjid eshiklarini yopiq ekani rejadagi ishlar amalga oshmasligini ko’rsatadi. Bo’ydoq kishining masjidni ko’rishi boy ayolga uylanishiga ishoradir.

Masjid omonlik, baxt va farog’at ramzidir. Masjid qurdirgan kishi bo’ydoq bo’lsa, soliha va iffatli ayolga uylanadi. Chala qolgan masjid qurilishini nihoyasiga etkazgan kishi buzilay deb turgan oilasini asrab qoladi. Masjid oila, xonadon ramzi hamdir. Chiroyli, ozodali- gi uyning chiroyli ozodaligiga, iflos, xarobligi uyning iflos, xarobali ekaniga qiyos qilinadi. Masjid ulug’ va hikmatli kishilarni ham ifoda etadi.

MAQBARA

Tushdapayg’ambarlarning qabrlarini ziyoratqilganini ko’rish bo’ydoq uchun oila qurish; boy-badavlat kishi uchun xayr va ezgulik; yo’lovchi uchun omad; aybdor uchun afv, deb ta’bir qilinadi. Shunday tush ko’rgan ayol farzandli bo’ladi. Yaxshi insonlar maqbaralarni tushda ko’rish faqat yaxshilikka yo’yiladi.

MEHMONXONA

Tushida mehmonxona ko’rgan kishi kasal bo’lsa, vafot etadi. Safarda bo’lsa, davom etadi, joy o’zgartiradi. Bu kishi yolg’iz yashasa, yolg’izlikdan qutuladi. Mehmonxonada qolganini ko’rgan kishi fohisha bilan topishadi. Tushida notanish mehmonxonada qolganini ko’rgan kishi yolg’izlikdan qutuladi, yangi do’stlar orttiradi, uylanadi. Oilali bo’lsa, farzand ko’radi. Tushda mehmonxona ko’rish bayram va juma namozlari o’qiladigan sahro masjidi, deb ham ta’bir qilinadi.

Related posts

Leave a Comment