Tushda xajga borsa nima bo`ladi.
Tushda xajga borsa nima bo`ladi. Biror kishi tushida haj qilganini yoki ziyorati uchun muqaddas joylarga borganini ko’rsa, turli muammolari, azoblaridan xalos bo’ladi. Tush ko’rgan kishining ahvoli va martabasiga qarab ta’birlar turlicha bo’ladi. Ayol kishining hajga yolg’iz ketganini ko’rishi nikohi bekor bo’lishini bildiradi. Haj paytida haj ziyorati uchun yo’lga chiqqanini ko’rgan kishi bo’shatilgan lavozimiga qayta tayinlanadi.
Tushda xajni ko`rish
Agar bu kishi safarga chiqqan bo’lsa, sog’-salomat yo’lida davom etadi. Tijoratchi bo’lsa, yaxshi foyda ko’radi. Bemor bo’lsa, dardiga shifo topadi. Qarzdor bo’lsa, qarzini uzadi. Hajga borgan bo’lsa, haj ziyorati nasib etadi. Haji chala qolgan kishining ishida nuqson borligi anglashiladi.
Hajga yayov ketganini ko’rgan kishining nasibasi ko’payadi, mo’l daromad qiladi. Haj ziyoratidan kelganini ko’rgan kishining mushkuli oson bo’ladi, kasal bo’lsa, sog’ayadi.
xaj safari
Hajga yolg’iz ketayotganini, kishilar bilan xayrlashganini ko’rgan kishi vafot etadi. Tushida hajarul asvadni ko’rish haj ziyoratiga borishga ishoradir. Hajarul asvadga qo’l tekkizganini ko’rgan kishiga ham haj ziyorati nasib etadi. Hajarul asvadni joyidan olib, o’zi uchun keltirib qo’yganini tush ko’rgan kishi bid’atga yo’l qo’yayotgan bo’ladi.
HAZRAT ALI
TushdahazratAlini ko’rish xosiyatlidir. Xushxabar ramzidir. Tushda hazrat Alini ko’rish dushmanlardan ustun kelish, e’tiqodining mustahkamlanishi, saxiylik demakdir. Tushda hazrat Alini ko’rgan kishining ilmi va rizqi ziyoda bo’ladi, taqvodor va mard insonga aylanadi.
QO’RQISh
Tushda qo’rqqan kishi o’ngida ishonchli himoyada bo’ladi. Sabab bo’lmagan holda ko’rqqanini ko’rgan kishi taqvodor bo’lsa, Allohning do’stidir. Uning mehrini qozonadi. Tush- dagi qo’rquv yaxshilikka noo’rindir. Noxush vaziyatlardan qutulishni ko’rsatadi. Bunda ruhiy bezovtalik bo’lmasligi shart. To’q qorin bilan yotmish va asabning buzilishi sabab bo’lgan qo’rquvlarga bunday ta’bir taalluqli emas.
QO’TOS
Tushda qo’tos ko’rish azoblarga bardosh beradigan hech kimdan qo’rqmaydigan bahaybat mard kishiga ishoradir. Urg’ochi qo’tos ko’rishning ta’biri qoramollarniki singari.
HOVUZ
Tushda ko’rilgan hovuz madaniyatli, oqila, komila ayol ramzidir. Saxiy, hammaga nafi tegadigan kishi ham hovuz orqali bildiriladi. Hovuzda suzganini ko’rish qiyinchilikka ishoradir. Shuningdek, bu holat boy kishining yonida yashash, deb ham ta’bir qilinadi. Hovuzdan suv ichgan yoki tahorat olgan kishi azoblardan qutuladi, buyuk insondan madad oladi. Hovuzning qurganini ko’rish saxiy kishining vafotiga; hovuzning to’lib-toshganini ko’rish boylikka ishoradir. Hovuz qazdirganini ko’rgan kishining dasturxoni hammaga ochiq bo’ladi. Ichida hovuzi bo’lgan xonani ko’rish farovonlik, ehtiyojlarining qondirilishi; yaxshi turmush o’rtoq demakdir.