Tushda xo kiz ko`rsa nima bo`ladi.

tushda xo kiz TUSH TA`BIRI
Горизонтальный алфавит

Tushda xo kiz ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda xo kiz ko`rsa nima bo`ladi.  Tushda ho’kiz ko’rish mol-davlat, hurmatli inson kabi ko’plab ma’nolarni ifoda etadi. Tushda ko’rilgan ho’kiz shon-shuhrat va mashhur kishi demakdir. Oq ho’kiz ezgulikka moyillikni ifodalaydi. Biror kishi tushida ho’kiz suzgani va boshqa joyga otilib ketganini ko’rsa, ishidan ayriladi. O’ziga jarohat etmaganini ko’rgan kishi xo’jayinidan tanbeh eshitadi.

 

Картинки по запросу хўкиз

Tushida qora ho’kiz

Tushida qora ho’kizga minganini ko’rgan kishining nufuzi ortadi. Sariq ho’kiz va sigir kasallik alomatidir. Biror joyda ko’p ozg’in sigir ko’rish ocharchilik va qimmatchilik bo’lishiga; semiz sigirlar ko’rish mo’l-ko’lchilik va arzonchilikka ishora sanaladi. Biror ho’kizni so’yib, go’shti tarqatilganini ko’rish taniqli kishining o’ldirilishi va mol-dunyosi talon-taroj qilinishidan darakdir. Ho’kiz yoki sigirning o’ziga qarab kelayotganini ko’rgan kishi undan zarar etadi, deb o’ylasa, davlat va obro’ga ega bo’ladi.

Похожее изображение

Tushda qoramol

Tushdagi qoramollar yo’llarga ishoradir. Qora va sariq qoramol quvonch.

Mo’l-ko’lchilik, arzonchilik bo’lgan yillar deb ta’- bir qilinadi. Qoramolning peshanasidagi oq yilning boshidagi shiddatga, belidagi qashqa yil o’rtasidagi qiyinchilikka, sonidagi qashqa esa yil oxiridagi sinovlarga ishoradir. Ko’rilgan mol semiz va yog’li bo’lsa, taqvodor ayolga, shoxli bo’lsa, eriga itoat etmaydigan rafiqaga nisbat beriladi. Sut beradigan sigir esa foydali va xayrli ayolga ishoradir. Biror kishi uyida buzog’ini emizadigan sigir borligini ko’rsa, o’z qiziga qo’shmachilik qiladigan ayolga ishora bo’ladi.

qoplon

Tushda qoplon ko’rish dushman darak.. Qoplonning go’shti, suti, a’zolaridan birortasini ko’rish foydalidir. Tushida qoplonning o’ldirilishini ko’rgan kishi zolim dushmanni engadi. Qoplon go’shti eganini ko’rgan kishi boylik va obro’ga ega bo’ladi. Qoplonning ustiga minganini ko’rgan kishi buyuk saltanatni egallaydi. Qoplonning o’z ustiga minganini ko’rgan kishiga mahalliy amaldor tomonidan ziyon etkaziladi. Qoplon bilan jinsiy munosabatda bo’lganini ko’rgan kishi zolim qavmidan bo’lgan gunohkor ayolga tajovuz kiladi. Qoplon makkor insonga ishora hamdir.

QOR

Tushida ko’rilgan qor rizq, manfaat, sovuq urish kasalligidan shifo topish, deb ta’bir qilinadi. Qor yog’maydigan faslda tushda ko’rilgan qor g’am-anduh, qiyinchilik, kambag’allik, ayriliqqa ishoradir. Bahorda qor yoqqanini ko’rish mag’lubiyatga; yozda esa zarar ko’rish va kasallikka ishoradir. Qor ustida uxlaganini ko’rgan kishi qamoqqa tushadi. Qor yog’ib barcha binolar, daraxtlar va insonlarning ustini qoplashi o’sha joy xalqi boshiga keladigan kulfatga ishoradir.

 

 

QOChISh

Tushda qochish pushaymonl ik va tavbadir. Kimdan va nima uchun qochganini bilmagan kishi tavba bilan gunohlaridan qutuladi. Bunday kishi tuhmatga uchragan bo’lsa, oqlanadi. Odam tushida nimadan qochsa, o’ngida shundan qutuladi. Tushda askarning qochishi omad, muvaffaqiyat belgisidir. E’tiqodsizlarning qochishi esa qochish, qutulishdir.

QUVUR

Tushda quvur ko’rish, agar quvurdan ustiga biror nar- sa tegsa, yoqimsiz ishlarga aralashish va xijolat bo’lishga ishoradir. Ayol kishi shunday tush ko’rsa, do’stlaridan o’ziga zarar etishi, nihoyatda ehtiyotkor bo’lishi lozimligiga ishora qilingan bo’ladi.

 

Visited 256 times, 1 visit(s) today
Rate article
Туш таъбири
Add a comment

Яндекс.Метрика