Tushda yomg`ir yog`sa nimani bildiradi.
Tushida yomg’ir yoqqanini ko’rgan kishining qo’liga halol mol tushadi.
Momoqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, go’fon ko’tarilib, osmon qop-qora bo’lgan holda yomg’ir yoqqanini ko’rish yurtda falokatlar bo’lishiga ishoradir.
Tushda yomg`ir
Bu falokatlar yuqimli kasallik, ommaviy qirg’in va ocharchilik deb ta’bir qilinadi. O’z vaqtida va mavsumida ko’rilgan yomg’ir baraka va quvonchga, boshqa paytdagi yomg’ir esa qiyinchilikka ishora hisoblanadi.
ER
Tushida yam-yashil, sersuv joylarni ko’rgan kishining iymoni mustahkam bo’ladi. Shunday joyga uy qurganini ko’rgani kishi baxtli hayot kechiradi. O’zini bepoyon sahroda ko’rgan kishi safarga chiqadi. Erini haydagani, bog’ini qaziganini ko’rgan kishi xotini bilan yaxshi kelishadi. Eridan mo’l hosil olganini ko’rgan kishining farzandlari, nabiralari ko’p bo’ladi.
ERTO’LA
Tushda ko’rilgan erto’la homilador ayolga ishoradir. Erto’laning ko’milib qolganini ko’rgan kishining onasi kasal bo’lsa, vafot etadi. Notanish erto’la, chuqurga tushganini ko’rgan kishi kasal bo’lsa, dunyodan o’tadi. Kema yoki igunga o’xshash narsada bo’lsa, cho’kadi. Yo’lovchi bo’lsa, safarda bo’lsa, yo’li yopiladi. Dushmanlik holida bo’lsa qamaladi. Agar bunday holatlarda bo’lmasa, ichiga kirish maqul bo’lmagan hammomga yoki zinakor ayolninguyiga kiradi.
Tushda do’l
Tushda do’l yoqqanini ko’rish xukmdorning fuqarolarga azob berishi, mol-mulkini talon-taroj qilishi, ba’zilarga tan azobi berishi tarzida ta’birlanadi. Bemavrid qor yoki do’l yoqqanini ko’rgan kishi kasallikka yo’liqadi, kasal bo’lsa darddan tezda qutuladi. Ustiga do’l yoqqanini ko’rgan kishining moli qo’ldan ketadi. Vaqtida yoqqan qor va do’l g’amlar barham topishi, dushmanlar va xoinlarning yo’qolishini bildiradi.
DORI-DARMON
Tushdagi dori-darmon imonning butligidir. Dori ichga- nini ko’rgan kishi dindor bo’lsa, dinda to’g’rilikka erishadi. Din bilan aloqasi bo’lmasa, dunyosi obod bo’ladi.Tushda dori ichish ilm, nasihat va bulardan foydalanishga ishora- dir. Tushda dorini rad etish, ichmaslik haq yo’ldan qaytish, yo’ldan ozish nafsining istaklarini afzal ko’rishdan darakdir. Hapdori dunyoga hirs qo’yish, dorining ichil- gani rizq-nasiba, yutilgani isyonkor uchun ilmdan hazar qilishdir. Tushda pilik ishlatish so’rab-surishtirish, sirli narsalarni bilishga qiziqish alomatidir. Ko’ziga dori tomizganini ko’rgan kishi diniy hayotga yanada ko’proq ahamiyat beradi. Yutish qiyin bo’lgan, tomoqdan o’tishi mushkul bo’lgan dori tez tuzaladigan kasallikdir.
DOYa
Doya yordamchi va o’rinbosardir. Go’zal va yosh doya ko’rgan kishiga umrining oxirigacha davom etadigan do’stlik na- sib etadi. Ba’zi ta’birchilarning fikricha, doya ko’rish qizli bo’lishga, keksa va xunuk doya tush ko’rgan kishining farzandlari o’ta zakovatli bo’lishiga ishoradir.
DUO qilish
Tushda duo qilish duo qilganning duosi qabul bo’lishi, hidoyat, rizq va buyuk zotlar yonida maqtanishiga ishoradir. Tushdagi duo maqsadga etish va farzanddan darak. Umuman olganda, duo yaxshi bir tushdir. Har bir duo nima maqsadda qilingan bo’lsa, shunday ta’bir qilinadi.