Tushda oltin ko`rsa nimani bildiradi.
Tushda ko’rilgan javohirlar joriya, ma’shuqa, mol– mulk, shuhrat qozonadigan farzandlar, boy, go’zal va iffatli ayol, foydali so’z, yaxshi ish, pushaymonlik deb ta’bir qilinadi.
Javohirlar sotganini ko’rgan erkak ayollarning ishlarini qiladi. Ayol bo’lsa, erkaklarga ko’p pul sarflaydi. Odamlarga javohirlarni tarqatganini ko’rgan kishi xalqni to’g’rilikka chaqiradi, yomonlik yo’lini to’sadi. Tushida inju ko’rgan kishi ilm va Qur’onni o’rganadi.
Tushda oltin
Injularni eganini ko’rgan kishi qori bo’ladi. Tushida yoqut ko’rgan kishi tezda oila quradi, badavlat yashaydi. Homilador ayol tushida yoqut ko’rsa, o’g’illi bo’ladi. Marjon ko’rgan kishi ham farzandli bo’ladi. Tushida kumush pul ko’rgan kishining qo’liga boylik tushadi, xizmatkor saqlaydi.
Bahor faslida qo’liga bir dirham kumush tushganini ko’rgan kishi o’ngida ham shuncha kumushga ega bo’ladi. Tushida feruza ko’rgan kishi kim bilandir janjallashadi. Tushida tilla ko’rgan kishi qiyinchiliklardan qutilib, rohatda yashaydi, martabasi ziyoda bo’ladi.
Tushda javohir
Kumush uzuk ko’rgan kishi badavlat bo’ladi va uylanadi. Tilla uzuk ko’rgan kishi yuqori amallarni egallaydi. Tushida uzugi singanini ko’rgan kishi ega bo’lgan narsalaridan ayriladi. Latun’ va kumushdan yasalgan uzuk ko’rgan kishi hajga boradi. Zumrad ko’rgan kishi boylikka ega bo’ladi.
JAYRON
Tushda jayron ko’rish yaxshi xulqli rafiqa demakdir. Jayronni so’yganini ko’rgan kishi uylanadi. Yoki bokira qizning nomusiga tegadi. Jayronning terisini shilish zinoga yo’yiladi.
JALLOD
Tushda jallodni ko’rish so’kinadigan kishidir. Jallodni ko’rish g’am-qayg’uga, kasallikka, badal talab qilinadigan narsalarga ishoradir.
JANG-JADAL, JANG ANJOM
Tushda jang’ va jang anjomlarini ko’rish yaxshilikka yo’yiladi. Nayza va shunga o’xshash qurollarni ko’rish to’g’ri yo’ldan yurish va bolalaridan muruvvat ko’rish deb ta’bir qilinadi. Qalqon va shunga o’xshash himoya anjomlarini ko’rish falokatdan qutilishga ishoradir. Xanjar va pichoq
ko’rish g’alaba daragi. Tushda qilich ko’rish maqsadga etili- shiga ishora sanaladi. Tushda davlatlar o’rtasidagi urush- ni ko’rish shu hududda yuqumli kasallik tarqalishidan darak beradi.
JANNAT
Jannat va jannat bilan aloqador narsalarni ko’rish o’xshashdir. Jannatga kirganini ko’rgan kishi farog’atga erishadi. Azobda bo’lsa, ulardan xalos bo’ladi. Jannat mevalaridan uzib eganini ko’rgan kishi boshqalar ham bahramand bo’ladigan ilm sohibiga aylanadi. Din ilmi- ni chuqur o’zlashtiradi. Jannatga kirishiga qarshilik qilganini ko’rgan kishi yanglish yo’lga kiradi, iztirobga tushadi.
Jannatdagi Kavsar suvidan ichganini ko’rgan kishi ilohiy ilmlarni egallaydi. Jannat sharobidan ichganini ko’rgan kishi avliyo bo’ladi. Shunday tush ko’rgan iffatsiz ayol yoki gunohkor kishi gunohlariga tavba qiladi, oldingi ishlarini tashlaydi. Jannatdan quvilganini ko’rish eng yomon tushdir. Tushida jannatning boshqaruvchisi rizvon- ni ko’rgan kishi falokatlardan qutiladi, xursand bo’ladi.
JASAD
Jasad munofiq kimsa demakdir. Bir kishi o’ziningto- butga qo’yilgani, hech kim tobutni ko’tarmaganini ko’rsa, hibsga olinadi. Tobut va jasadni ko’targanlarini ko’rsa, nufuzli kishiga tobe’ bo’ladi va undan manfaat ko’radi. Bir necha jasadning bir joyga qo’yilganligini ko’rish shu joy xalqining ko’p gunoh va zino qilishini bildiradi. O’z jasadini olib ketilayotganini ko’rgan kishi qavmiga yo’lboshchi bo’ladi.
Vafot etganini va jasadni hech kim ko’tarmaganini ko’rgan kishi e’tibordan tushadi. Vafot etganini va rasmiy marosim bilan dafn etilayotgani- ni ko’rgan kishi uchun safar o’sha joy xalqining ko’p kishi qirilishidan daraqtsir.