Tushda tilla uzuk ko`rsa nima bo`ladi.

tushda tilla uzuk TUSH TA`BIRI
Горизонтальный алфавит

Tushda tilla uzuk ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda tilla uzuk ko`rsa nima bo`ladi – tushda ko’rilgan javohirlar joriya, ma’shuqa, mol– mulk, shuhrat qozonadigan farzandlar, boy, go’zal va iffatli ayol, foydali so’z, yaxshi ish, pushaymonlik deb ta’bir qilinadi. Javohirlar sotganini ko’rgan erkak ayollarning ishlarini qiladi. Ayol bo’lsa, erkaklarga ko’p pul sarflaydi. Odamlarga javohirlarni tarqatganini ko’rgan kishi xalqni to’g’rilikka chaqiradi, yomonlik yo’lini to’sadi. Tushida inju ko’rgan kishi ilm va Qur’onni o’rganadi. Injularni eganini ko’rgan kishi qori bo’ladi. Tushida yoqut ko’rgan kishi tezda oila quradi, badavlat yashaydi.

HomiladКартинки по запросу во сне сокровищor ayol tushida yoqut ko’rsa, o’g’illi bo’ladi. Marjon ko’rgan kishi ham farzandli bo’ladi. Tushida kumush pul ko’rgan kishining qo’liga boylik tushadi, xizmatkor saqlaydi. Bahor faslida qo’liga bir dirham kumush tushganini ko’rgan kishi o’ngida ham shuncha kumushga ega bo’ladi. Tushida feruza ko’rgan kishi kim bilandir janjallashadi. Tushida tilla ko’rgan kishi qiyinchiliklardan qutilib, rohatda yashaydi, martabasi ziyoda bo’ladi. Tushda beshta tilla ko’rish besh vaqt namoz o’qish deb ta’bir qilinadi.

Tushda kumush

Tushda oltin va kumushni birga ko’rish xiyonat daragi hisoblanadi. Kumush uzuk ko’rgan kishi badavlat bo’ladi va uylanadi. Tilla uzuk ko’rgan kishi yuqori amallarni egallaydi. Tushida uzugi singanini ko’rgan kishi ega bo’lgan narsalaridan ayriladi. Latun’ va kumushdan yasalgan uzuk ko’rgan kishi hajga boradi.

Tushda marjon

Zumrad ko’rgan kishi boylikka ega bo’ladi.

JAYRON

Tushda jayron ko’rish yaxshi xulqli rafiqa demakdir. Jayronni so’yganini ko’rgan kishi uylanadi. Yoki bokira qizning nomusiga tegadi. Jayronning terisini shilish zinoga yo’yiladi.

JALLOD

Tushda jallodni ko’rish so’kinadigan kishidir. Jallodni ko’rish g’am-qayg’uga, kasallikka, badal talab qilinadigan narsalarga ishoradir.

HOMILADORLIK

Ayol kishi tushida homilador ekanini ko’rsa, boyiydi; shunday tush ko’rgan erkak esa qiyinchilikka uchraydi. Har ikki holatda ham mol-davlat, deb ta’birlovchilar ham bor. Tushda homilador bo’lish yaxshilikka yo’yiladi. Tushda homilador ayolni ko’rish g’am-qayg’u va pinhon ishlarga ishoradir. Bokira qizning o’zini homilador holda ko’rishi azob-uqubat tufayli oilasi boshiga tushadigan og’ir kunlardan dalolatdir. Tug’maydigan ayolning, ho’kizning homilador bo’lganini ko’rish ocharchilik oqibatida qiyinchilik yuzaga kelishi, yaxshi ishlar kamayib, o’g’irlik ko’payishi, fitna va fasod kuchayishini bildiradi. Beva ayol va bo’yi etgan qiz tushida homilador ekanini ko’rsa, oila quradi.

HULKAR YuLDUZI

Tushda ko’rilgan Hulkar yulduzi ehtiyotkor, pishiq, o’zini asraydigan kishiga ishoradir. Hulkar yulduzining erga tushganini ko’rish qoramollarning nobud bo’lishi, mevalarning kam bo’lishiga ishora, deb hisoblanadi.

 

 

Visited 917 times, 7 visit(s) today
Rate article
Туш таъбири
Add a comment

Яндекс.Метрика